Zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga urinishlar fosh qilindi!
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” va “Oybek” chegara bojxona postlarida zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga urinishlar fosh qilindi.
Jumladan, “Navoiy” chegara bojxona postida piyoda ravishda kirib kelgan fuqarolardan biri inson tana a’zolarini skanerlovchi qurilma ko‘magida ko‘zdan kechirilganida, oyoqlarining boldir qismiga 190 gr. og‘ilikdagi zargarlik buyumlarini bog‘lab olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.
“Oybek” chegara bojxona postida ham “Body scanner” qurilmasi ko‘magida fosh qilingan holatda yo‘lovchi o‘zidan “jonli konteyner” sifatidan foydalanib, ichki a’zolariga salkam 181 gr. tilla taqinchoqlarni yashirgani aniqlandi.
Ushbu postda aniqlangan yana bir holatda yo‘lovchilardan biri salkam 58 gr. zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Uchala holatda olib qo‘yilgan zargarlik buyumlarining jami qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 525 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
7 2.2K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram