avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
14.04.2026 19:30
“Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining poytaxt bosqichida Bojxona instituti 1-o’rinni, "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi jamoasi 2-o’rinni qo’lga kiritdi!

“Zakovat” arenasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi tomonidan poytaxt hududida joylashgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinida 21 ta jamoa o’zaro bellashishdi.

Musobaqa Qurolli Kuchlarimiz tarkibidagi kuch tuzilmalarining yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida yurtimiz tarixi va ma’naviyati, buyuk ajdodlarimizning millat tamadduniga qoʻshgan hissasini oʻrganishda kitob oʻqishning ahamiyatini oshirishga qarartilgani bilan ahamiyatlidir.

Qizg’in kechgan bahslardan so’ng yakuniy natijalarga Bojxona qo’mitasi tarkibidagi tuzilmalarining 2 ta jamoasi asosiy o’rinlarni egallashdi.

Jumladan, Bojxona instituti 1-o’rinni, "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi jamoasi 2-o’rinni qo’lga kiritdi!

Shunday qilib, Bojxona instituti jamoasi navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
11 2.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram