Bojxona qo‘mitasining mas’ul xodimlari tomonidan Xorazm viloyatida bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi
Mazkur tadbirda bojxona tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga bojxona nazorati ostida tovarlar saqlanadigan omborlar bo'yicha ishlab chiqilgan mobil ilovaning imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi va uning tadbirkorlar faoliyatidagi ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Mazkur ilova orqali omborlar bilan bog‘liq jarayonlarni masofadan turib boshqarish, ma’lumotlarni tezkor olish va shaffoflikni ta’minlash imkoniyatlari yaratilgani ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida sertifikatlashtirish jarayonlarini takomillashtirish, bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish, xizmatlarni to‘liq raqamlashtirish hamda inson omilini qisqartirishga qaratilgan yangi tartiblar yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga bojxona mutaxassislaridan batafsil javoblar oldilar.
2 1.5K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram