avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
14.04.2026 19:14
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Bojxona qo‘mitasi Raisiga biriktirilgan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 13 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha (2026 yil uchun o‘zlashtirish rejasi 383 mln AQSH dollarini tashkil etadi) joriy yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar hamda o‘zlashtirilgan investitsiyalar holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Jumladan, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 9–12 aprel kunlari Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida loyihalarni amalga oshirish jarayoni tahlil qilinib, хitoylik investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi hamda loyihalar amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuvlar davomida loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek investorlarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
3 1.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram