avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
14.04.2026 18:56
“Toshkent-AERO” IBK tasarrufidagi “Elektron tijorat” TIF bojxona postida chegara bojxona postlarida giyohvandlik vositalari hamda ularning analoglariga qarshi kurashish, ularni aniqlash usullari mavzusida interaktiv dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Unda Ichki ishlar vazirligi Ekspertiza kriminalistika bosh markazi eksperti N.Nosirov, Bojxona qo'mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi mas'uli В.Ergashev va “Elektron tijorat” TIF bojxona posti shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida mutaxassislar tomonidan bugungi kunda giyohvandlik vositalarini aniqlashda alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, xavf guruhiga kiruvchi tovarlar hamda ayrim davlatlar kesimidagi tahdidlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, giyohvand moddalarining mamlakat hududiga kirib kelish yo‘nalishlari, narko-kuryerlar tomonidan ularni yashirish va olib o‘tish usullari amaliy misollar asosida tushuntirildi.

Tadbirda narkotik vositalarning yangi turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda tezkor laboratoriya vositalaridan foydalanish tartibi va ishlash prinsiplari yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan dars mashg‘uloti davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, amaliyotda uchrayotgan holatlar yuzasidan fikr almashdilar.
11 1.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram