#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i F. Artikov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda muammolarga amaliy yechim topish maqsadida S
harof Rashidov tumanida joylashgan “Bussiness City” korxonasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, import jarayonlari hamda bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur korxona asfalt-beton mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, yo‘l qurilishi va infratuzilma loyihalarini sifatli materiallar bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy xomashyo sifatida foydalaniladigan bitum xorijiy davlatlardan import qilinadi.
Uchrashuv davomida bojxona organlari mutaxassislari tomonidan korxona vakillariga xorijdan olib kelinayotgan xomashyolarni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi asosida rasmiylashtirishning afzalliklari batafsil tushuntirildi. Ushbu tartib ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va butlovchi qismlarni yanada qulay shartlarda olib kirish, ortiqcha bojxona to‘lovlarini kamaytirish hamda aylanma mablag‘larni tejash imkonini beradi.
Shuningdek, Eron Islom Respublikasidan import qilinayotgan bitum va asfalt mahsulotlari bo‘yicha kelib chiqish sertifikatlarini rasmiylashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tezkor hal etish hamda eksport-import jarayonlarini yanada soddalashtirish yo‘lida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekani alohida ta’kidlandi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram