avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
14.04.2026 17:39
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining "Olot" chegara bojxona posti xodimlari tomonidan tovar nomini yashirish yoki uni boshqa nom ostida ko‘rsatish orqali bojxona to‘lovlaridan qochishga urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Jumladan, dastlabki holatda xorijiy davlatdan import tartibida kirib kelgan yuklar “Xavfni boshqarish” tizimi orqali “sariq yo‘lak”ka yo‘naltirilgan. Shu asosda bojxona xodimlari yuk hamda unga ilova qilingan bojxona yuk deklaratsiyasining o‘zaro muvofiqligini aniqlash maqsadida ko‘rik o‘tkazdi. Natijada deklaratsiyada umuman qayd etilmagan, umumiy qiymati 844 million so‘mni tashkil
etuvchi, qariyb 23 tonna “organik o‘g‘it” mahsulotlari borligi fosh etildi.

Shunga o‘xshash yana ikki holat ham o‘z vaqtida aniqlanib, bartaraf etildi. Mazkur vaziyatlarda ham import qilinayotgan yuklar va bojxona yuk deklaratsiyasi o‘rtasidagi tafovutlar sababli tovarlar xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasida bir holatda 527 million so‘mlik, ikkinchi holatda esa 540 million so‘mlik agrokimyo preparatlari deklaratsiyada ko‘rsatilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

E’tiborlisi, mazkur holatlarda ayrim “uddaburon” tadbirkorlar hujjatlarda aks ettirilmagan tovarlarni deklaratsiyada ko‘rsatilgan mahsulotlar ostiga yashirib, ustidan esa qonuniy olib kirilayotgan tovarlarning asl qadoqlari bilan berkitish orqali bojxona nazoratini chalg‘itishga urinishgan.

Biroq bojxona xodimlarining hushyorligi tufayli mazkur qonunbuzarliklar
o‘z vaqtida fosh etildi.

Hozirda aniqlangan tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, har bir holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
2 2.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram