avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
14.04.2026 15:01
#xavfsiz_mahalla

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i J. Fayzullayev Qamashi tumanidagi “Qushkapa” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” hamda faollari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.


Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va manzilli ishlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni turli yot g‘oyalar va zararli illatlardan asrash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda “Qushkapa” mahallasi “sariq” toifaga kiritilgan bo‘lib, hududda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit shakllangan. Shu bilan birga, mavjud yutuqlarni mustahkamlash va aholi farovonligini yanada oshirish muhim vazifa sifatida belgilandi.

Xususan, mahallani obodonlashtirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirish, pilla yetishtirishni yo‘lga qo‘yish va bu borada aholiga amaliy ko‘mak berish masalalariga alohida e’tibor qaratild
i.

Shuningdek, yoshlar masalasiga alohida urg‘u berilib, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan mahalla faollari bilan fikr almashildi.
3 2.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram