Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Muxammadiyev “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan “Urgut Doston Plast” MCHJ korxonasining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oʻrgandi.
Bugungi kunda korxona tomonidan plastmassadan tayyorlangan 200 turdan ortiq uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlar oʻzining sifati va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi. Shu bois, ular nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorlarda ham talabga ega boʻlib bormoqda.
Xususan, 2025-yil aprel oyidan hozirgi vaqtga qadar korxona tomonidan qiymati 158 ming AQSH dollariga teng mahsulotlar qoʻshni davlatlarga eksport qilingan.
Uchrashuv davomida tadbirkor bilan muloqot oʻtkazilib, unga eksport geografiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlari hamda bojxona rasmiylashtiruvida mavjud yengilliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
3 2.3K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram