Bojxona qo‘mitasi hamda Chexiya bojxona xizmati vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Chexiya bojxona xizmatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, targetlash hamda xavflarni monitoring qilish yo‘nalishlarida tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda Bojxona qo‘mitasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi amaliy faoliyat yuzasidan taqdimot o‘tkazilib, mavjud tizimlar va yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Chexiya bojxona xizmati vakillari ham xavflarni monitoring qilish jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy dasturiy yechimlar bilan tanishtirdi hamda ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytardi.
Uchrashuv yakunida tomonlar nafaqat targetlash va xavflarni monitoring qilish, balki boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni kengaytirish, xususan ekspertlar darajasida muntazam onlayn uchrashuvlar tashkil etishga kelishib oldi.
7 3.2K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram