avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
13.04.2026 17:51
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektor qo‘lga olindi!


Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektori qo‘lga olindi.

Ushbu shaxs noqonuniy boylik orttirish maqsadida o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan holda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarodan unga tegishli 7 turdagi 187 qop mineral o‘g‘itlarni “Navoiy” chegara bojxona posti orqali o‘tkazib berish evaziga 20 mln. so‘m talab qiladi.

Tezkor tadbirda inspektor so‘ralgan pul mablag‘ini poytaxtning Olmazor tumanida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Agar Siz bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz Bojxona qo‘mitasining kechayu kunduz faoliyat yurituvchi 11-08 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

Bunda murojaat qilgan yurtdoshlarimizning shaxsi sir saqlanadi!
66 4.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram