avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
13.04.2026 17:15
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi J. Xenik boshchiligidagi delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari G‘.Nasirov delegatsiya aʼzolarini samimiy qutlab, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini, tashqi siyosatda konstruktiv va amaliy hamkorlikka katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Uchrashuv doirasida AQSHning Energetika vazirligi bilan “Yashil chegaralar xavfsizligi” grant loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda G‘isht-ko‘prik, Navoiy va Farg‘ona chegara bojxona postlariga radiatsion portal monitorlarini (RPM) o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.

AQSH Elchisi J.Xenik ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi faol muloqotni alohida taʼkidlab, chegara xavfsizligi sohasida O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi AQSHning eng faol hamkorlaridan biri ekanligini qayd etdi.

Muloqot davomida 2026-yil sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Jahon bojxona tashkilotining 7-global kinologiya forumida AQSH va boshqa manfaatdor tashkilotlarning ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘mitaning taklifi bildirildi.

Kunning ikkinchi qismida AQSH Energetika vazirligining Yadroviy kontrabandani aniqlash va oldini olish boshqarmasi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda G‘isht-ko‘prik, Navoiy va Farg‘ona postlariga RPMlarni o‘rnatish va sinovdan o‘tkazish, RPMlardan samarali foydalanish bo‘yicha Bojxona qo‘mitasi xodimlari uchun o‘quv kurslari tashkil etish, “Yashil chegaralar xavfsizligi” loyihasi doirasida texnik yordam ko‘rsatish, Daut-ota va Toshkent xalqaro aeroporti chegara postlariga RPM o‘rnatish bo‘yicha dastlabki o‘rganish missiyalarini tashkil etish kabi kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, 16-20 aprel kunlari AQSH Energetika vazirligi vakillari tomonidan 6 ta chegara bojxona postlariga tashriflar hamda radiatsion portal monitorlarini o‘rnatish bo‘yicha baholash missiyalari o‘tkazilishi belgilab olindi.

Uchrashuv do‘stona va ishchan ruhda bo‘lib o‘tdi, tomonlar o‘rtasidagi ishonchli muloqot va amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga katta eʼtibor qaratildi.
21 3.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram