Namangan viloyatida eksport salohiyatini yanada oshirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i U.Kodirov tomonidan Kosonsoy tumanida joylashgan “Grand Towel Textile” MCHJda navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur korxona sochiq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 2025-yil yakunlari bo‘yicha 232,9 ming AQSH dollari, 2026-yilning o‘tgan davrida esa 151,1 ming AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirgan.
Uchrashuv davomida tadbirkor bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ishlab chiqarish jarayonlari, eksport hajmini oshirish imkoniyatlari hamda sohada uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, joriy yilning 13-fevral kuni Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan “Tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi”ga bag‘ishlangan yig‘ilishda eksportchi korxonalar uchun yaratilgan qulayliklar alohida ta’kidlangandi.
Jumladan, bojxona hududida qayta ishlash rejimi orqali import qilingan xomashyoni qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida eksport qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lsa-da, respublika bo‘yicha 59 ta tumanda, shu jumladan Kosonsoy tumanida ham hozirga qadar birorta korxona ushbu imkoniyatdan foydalanmagani tanqidiy qayd etildi.
Shu munosabat bilan, eksportchi korxonalar uchun yaratilgan qulayliklar, ayniqsa “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida taqdim etilayotgan imtiyoz va afzalliklar mazmun-mohiyati tadbirkorga atroflicha tushuntirildi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida korxonada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh panellaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida tadbirkorlarga mavjud imkoniyat va yengilliklardan samarali foydalanish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
1 2.3K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram