Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov Sirdaryo tumanida joylashgan “Peng-Sheng” sanoat majmuasida bo'lib, korxona mas'ullari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning samarali yechimlarini ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda “Peng Sheng Charm” korxonasi rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi. Unda eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarida qayta ishlash imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida bojxona hududida qayta ishlash rejimi doirasida olib kirilayotgan tovarlarni identifikatsiya qilish tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Bojxona kodeksining 74-moddasiga muvofiq, qayta ishlash uchun olib kirilgan xomashyoni tayyor mahsulot tarkibida aniqlash mexanizmlari, shuningdek, bu jarayonda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, joriy yilning 1-choragida “Peng Sheng Charm” korxonasi tomonidan 161,5 tonna xomashyo “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi asosida rasmiylashtirilgan. Shuningdek, qiymati 607 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan teri mahsulotlari xorijiy davlatlarga eksport qilingan.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Bunday muloqotlar tadbirkorlik muhitini yaxshilash va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
2 2.5K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram