avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
13.04.2026 14:37
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Muxammadiyev “Samarqand avtomobil zavodi” XK MCHJ korxonasida bo'lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur korxona bugungi kunda “Isuzu” brendi ostida turli xil yuk avtomobillari va avtobuslar, shuningdek, "Isuzu D-Max" pikaplarini ishlab chiqarmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan zavod mahsulotlari nafaqat ichki bozorda, balki xorij bozorlarida ham o'z o'rniga ega.

Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar korxonaga “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida 13 ta ruxsatnoma rasmiylashtirib berilgan. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarini yanada ragʻbatlantirish va mahsulot tannarxini optimallashtirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, korxonada ayni paytda 1500 nafar mahalliy aholi doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan.

Joriy yilning birinchi choragi yakuniga koʻra, zavod tomonidan umumiy qiymati 9 million 641,7 ming AQSH dollariga teng mahsulotlar xorijga eksport qilinga
n.

Uchrashuv davomida korxona mutasaddilari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, unda bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar, yaratilgan qulayliklar va amaldagi imtiyozlar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
2 2.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram