avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
13.04.2026 14:19
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Termiz xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida tovarlarni eksport qilish va qayta ishlash masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i I. G‘ulomov hamda "ZILANTEX" mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 555-sonli qarori mazmun-mohiyati tadbirkorga batafsil tushuntirildi. Mazkur qaror orqali tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash jarayonlarini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilganligi alohida ta'kidlandi.

Mutasaddilar tomonidan, ayniqsa, bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan kooperatsiya asosida chuqurroq qayta ishlash imkoniyatlari alohida izohlandi. Bu tartib ishlab chiqarish zanjirini kengaytirish, qo‘shilgan qiymatni oshirish hamda eksportbop mahsulotlar turini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, tadbirda korxonaning eksport salohiyati va erishilgan natijalari alohida e’tirof etildi. Xususan, 2025-yil va 2026-yilning dastlabki 3 oyi davomida korxona tomonidan umumiy qiymati 8,6 million AQSh dollariga teng bo‘lgan kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlari eksport qilingani ta’kidlandi. Bu esa hududda yengil sanoatni rivojlantirish va eksport hajmini oshirish borasidagi ijobiy natijalardan dalolat b
eradi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan kelgusidagi vazifalarni belgilab oldilar.
1 2.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram