avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
13.04.2026 11:25
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

Poytaxt aeroportida 6,3 kg. “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi!

“Toshkent-Aero” IBK
ning “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari giyohvandlik vositalarini yashirincha olib o‘tishga uringan yo‘lovchini to‘xtatib qolishdi.

Bangkokdan uchib kelgan xorijiy yo‘lovchilardan biriga tegishli qo‘l yuki va bagajlari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuklar orasida turli qadoqlar ichida 12 dona polietilen o‘ramlar yashirilganligi aniqlandi.

Belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ushbu o‘ramlar ochib ko‘rilganida, ularning ichidagi yashil rangdagi o‘tkir hidli modda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, 6.3 kg.dan ziyod og‘irlikdagi quritilgan marixuanna ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur modda esa O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan giyohvandlik vositasi hisoblanadi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, “Toshkent-Aero” IBK tezkor tuzilmalari va bojxona postlari xodimlari tomonidan joriy yilning dastlabki choragida aniqlangan 15 ta holatda salkam 30 kg. og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining, shu jumladan sintetik narkotiklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi.

Olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari o‘tgan yilning shu davriga nisbata 18 kilogrammga oshgan.
50 2.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram