Xabaringiz bor, joriy yilning 1-aprelidan boshlab, respublikamizda tamaki mahsulotlari savdosi faqat elektron to‘lov vositalari orqali, ya’ni naqd pulsiz amalga oshirib kelinmoqda.
Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar bojxona boshqarmasi va Ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Shayxontohur tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda dastlab serqatnov ko‘chalardan birining chetida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxsga tegishli “Damas” avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada mazkur transport vositasida qiymati salkam 34 mln so‘mlik 848 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida ushbu shaxs istiqomat qilayotgan xonadon ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, bu yerda qiymati salkam 390 mln so‘mlik 9,7 ming donadan ziyod tamaki mahsulotlari qonunga xilof tarzda saqlanayotganligi fosh bo‘ldi.
Mazkur holatda tamaki mahsulotlarining 51 turdagi 5322 qutisi O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan qadoqlanmagan ham.
Shunday qilib, ushbu holatda olib qo‘yilgan 10 567 quti tamaki mahsulotlarining jami qiymati salkam 423 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning dastlabki choragida respublikamiz bojxonachilari tomonidan aniqlangan 240 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati 38 mlrd so‘mlik 2,2 mln quti sigaretlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
6 2.1K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram