Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Muxammadiyev “Jartepa” chegara bojxona posti faoliyatini yaqindan o'rgandi.
Bugungi kunda post orqali bir kunda oʻrtacha 5 ming nafargacha yoʻlovchi hamda 350 tagacha avtotransport vositalari harakatlanmoqda. Tovar va transport vositalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish jarayonlari soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshirilishi natijasida fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratilmoqda.
Boshqarma mas'ullari post xodimlari bilan ochiq muloqot oʻtkazib, ularning taklif va fikr-mulohazalarini tingladi. Shu bilan birga, avtotransport vositalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish jarayoni amaliy jihatdan kuzatildi.
Shundan soʻng, post hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berilib, ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
1 1.6K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram