avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
11.04.2026 06:52
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9-apreldagi 154-son qarori bilan Hukumatning 2025-yil 19-apreldagi “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 244-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

O’zgartirishlarga ko’ra, endilikda jismoniy shaxslar xorijdan 10 xil nomdagi birlamchi qadoqda bo‘lgan biologik faol qo‘shimchalarni har biridan bitta qadoqdan oshmagan miqdorda olib kirishlari mumkin. Faqat bunda ularning umumiy og‘irligi 3 kg.dan ko‘p bo‘lmasligi shart!

Bunga qadar esa jismoniy shaxslar tomonidan o’z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan biologik faol qo‘shimchalarning me’yorlari ularning shakliga (suyuq, kukun, tabletka va boshqalar) qarab belgilangan edi.

Masalan, tabletka yoki kapsula ko’rinishidagi biologik faol qo’shimchalardan 100 donagacha olib kirish mumkin edi. Ammo, aynan shu turdagi biologik faol qo’shimcha 1 ta qadoqda 100 donadan ziyod qadoqlangan holatlar amaliyotda ko’p uchrayotgan edi.

Shuningdek, Jismoniy shaxslar tomonidan biologik faol qo‘shimchalarni shaxsiy ehtiyoj uchun bojsiz olib kirish me’yorlarining oshirilishida aholining taklif-mulohazalari va real ehtiyojlari ham inobatga olindi.
66 4.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram