avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
06.06.2026 12:00
CPR Talks’ning yangi sonida Progressiv islohotlar markazi iqtisodiy tahlilchisi Saodat Umarova Nightingale tahlil markazining siyosatshunosi Eldaniz Guseynov bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida "Termiz Muloqoti" istiqbollari, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik, transafg‘on transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning mintaqada barqarorlikni ta’minlovchi tashabbuskor pozitsiyani egallayotgani haqida fikr yuritildi.

Suhbat rus tilida olib borilgan.

👉To‘liq suhbatni tomosha qiling

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
🔥 5
👍 4
👏 2
1 101
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
06.06.2026 05:14
🇱🇻 Riga shahrida YTTB Yillik yig‘ilishi–2026 o‘z ishini boshladi

Yig‘ilishning ilk kunida iqtisodiy barqarorlik, inson kapitali, raqamli transformatsiya, moliyaviy farovonlik, xususiy sektorni rivojlantirish hamda Markaziy Osiyoning strategik ahamiyatiga bag‘ishlangan masalalar muhokama qilindi.

Progressiv islohotlar markazi vakili tadbir doirasidagi sessiyalar va uchrashuvlarda ishtirok etib, xalqaro hamkorlar bilan muloqotlarni davom ettirmoqda.

Batafsil:
🔗 https://proreforms.uz/uz/post/ebrd-annual-meeting-2026-opens-in-riga-528

#YTTB #EBRDAM2026 #Riga #MarkaziyOsiyo #IqtisodiyIslohotlar #PIM
👍 3
🔥 3
👏 1
1 137
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
04.06.2026 13:00
ILM-FAN QANDAY RIVOJLANMOQDA?

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda ilm-fanni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy faollikni oshirish va tadqiqotlarning xalqaro raqobatbardoshligini kuchaytirish boʻyicha islohotlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari ishtirokida muhokama qilingan yangi takliflar ushbu jarayonni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan boʻlib, ular doktorantlarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy rahbarlar masʼuliyatini oshirish, ilmiy daraja berish jarayonlarini raqamlashtirish, “amaliy doktorantura” dasturlarini joriy etish hamda ilm-fanni iqtisodiyotning real ehtiyojlari bilan bogʻlashni nazarda tutadi.

Progressiv islohotlar markazining yangi sharhida mazkur tashabbuslar Oʻzbekistonning fan, texnologiya va innovatsiyalar (FTI) tizimini kuchaytirish nuqtayi nazaridan tahlil qilingan.

🔗 Batafsil saytimizda o‘qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
🔥 5
👍 3
👏 1
195
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
04.06.2026 09:00
TERMIZ MULOQOTI: NEGA MUHIM?

🌍 Bugun Toshkentda dunyoning 27 ta davlatidan kelgan nufuzli ekspertlar ishtirokida Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi boshlandi.

Global geosiyosiy keskinlik davrida ushbu Muloqot shunchaki navbatdagi tadbir emas. U Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan, transport xarajatlarini kamaytiradigan va Afg‘onistonni iqtisodiyotga jalb etadigan yangi hamkorlik modelini taklif qilmoqda.

🔗 Batafsil saytimizda o‘qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
👍 6
🔥 1
👏 1
1 204
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
28.05.2026 14:06
DAVLAT ULUSHI QAYERDA QOLISHI KERAK?

O‘zbekistonda 1600 dan ortiq davlat korxonasi bor va asosiy tarmoqlarning 42 foizi hamon davlat nazoratida. Xalqaro ekspertlar va XVJ raqobat bor joyda davlat korxonalariga hojat yo‘qligini, foyda keltiradiganlarini xususiylashtirib, zarardagilarini yopishni tavsiya qilmoqda.

Xo‘sh, davlat mulkchiligining qaysi shakllari o‘zini oqlaydi-yu, qaysilari xususiy sektor rivojlanishiga xalaqit beryapti?

Ushbu Tahliliy ma'lumotnoma ingliz tilida yozilgan.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
👍 5
🔥 2
👏 1
4 331
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
20.05.2026 12:00
ORTIQCHA VAZN MUAMMOSI NIMAGA BOG’LIQ?

📈 Odatda, ortiqcha vazn muammosiga asosiy sabablardan biri ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilish hisoblanadi. JSST va FAOning 22 yillik hisobotlariga asosan, Markaziy Osiyoda semizlik muammosiga shakardan ko‘ra ko‘proq yog‘ (xususan, yog‘li ovqatlar iste’moli) sabab bo‘layotgani aniqlandi.

🔗Batafsil yangi tahliliy maqolada o‘qing.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
👍 7
🔥 3
👏 1
🕊 1
4 497
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
15.05.2026 14:10
DRONLAR IQTISODIYOTGA QANDAY TA’SIR QILADI?

2026-yil fevral oyida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-22-son Farmoniga asosan dronlardan fuqarolik maqsadlarida foydalanishni liberallashtirish bo'yicha choralar ko'rilmoqda. Iyun oyiga qadar toʻrtta davlat organi yangi huquqiy bazani tayyorlashi kutilmoqda.

Suv, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida dronlar O‘zbekistonning asosiy muammolarini hal qilishda amaliy vositaga aylanmoqda. Xususan:

🌾 Qishloq xo‘jaligi: paxta, bug‘doy va bog‘dorchilikda suv hamda kimyoviy sarfni kamaytirish (100+ dron, 300 ming gektargacha qamrov);
💧 Suv xo‘jaligi: kanallar, nasoslar va to‘g‘onlarni monitoring qilish, sho‘rlanish va Orol dengizi tubini kuzatish (2050-yilgacha 11–13 km³ suv tanqisligi xavfi);
Energetika: 6,7 GVt yangi quvvatlar, 1 450+ km tarmoqlar va yirik loyihalarda inspeksiya xarajatlarini kamaytirish.

🎯Endi masala “dronlar ishlaydimi?” emas — balki ularni qanday boshqarish va bosqichma-bosqich joriy etishda.

🔗Batafsil saytimizda o‘qing va Tahliliy Ma'lumotnomani yuklab oling.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
👍 5
🔥 2
👏 2
5 588
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
15.05.2026 13:00
🇨🇳 Xitoyning o‘n beshinchi 5 yillik rejasi (2026–2030) iqtisodiy siyosatda qanday burilish yasamoqda?

Asosiy o‘zgarishlar va strategik maqsadlar:
• Innovatsion iqtisodiyot: sun’iy intellekt, biotexnologiya, kvant texnologiyalari va yashil sanoat;
• Ichki talabni kuchaytirish orqali eksportga bog‘liqlikni kamaytirish;
• “Ikki tomonlama muomala” strategiyasi orqali ichki barqarorlik va global muvozanatni saqlash.

🌍 Shu bilan birga, Xitoy yashil energetika va elektromobillarni rivojlantirish, hamda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini sifatli loyihalarga yo‘naltirishni davom ettirmoqda.

🔗Batafsil saytimizda o‘qing.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
👍 2
👏 2
🔥 1
4 389
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
14.05.2026 11:00
Davlat xizmatlari qanday qilib tezkor, samarali va haqiqatan ham fuqaroga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin?

Joriy yilning 12–13-may kunlari Farg‘ona shahrida BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda Progressiv islohotlar markazi (PIM) hamkorligida “Zamonaviy davlat fuqarolik xizmatida faol yondashuv, samarali ijro va fuqaroga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Treningda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan hokim o‘rinbosarlari va davlat sektori vakillaridan 30 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.

Ikki kun davomida ular quyidagi yo‘nalishlarda bilim va tajriba almashdilar:
✅ proaktiv yondashuv va zamonaviy boshqaruv;
✅ davlat xizmatlari sifatini oshirish;
✅ muassasalararo samarali muvofiqlashtirish;
✅ fuqarolar bilan ochiq muloqot;
✅ yuqori yuklama sharoitida samarali ishlash;
✅ murakkab va muammoli vaziyatlarni boshqarish.

Trening davomida nazariyadan ko‘ra amaliyotga ko‘proq e’tibor qaratilib, real keyslar, interaktiv muhokamalar va simulyatsiyalar orqali ishtirokchilar zamonaviy davlat boshqaruvi ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Treningning asosiy maqsadi — davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroga yo‘naltirilgan, tezkor va samarali yondashuvlarni kuchaytirish hamda ishtirokchilar o‘rtasida amaliy tajriba almashish uchun platforma yaratishdan iborat bo‘ldi.

Barcha ishtirokchilar va hamkorlarga faol ishtirok va samarali muloqot uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Progressiv islohotlar markazi — zamonaviy va samarali davlat boshqaruvi sari.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
👍 5
🔥 3
👏 2
268
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Progressiv islohotlar markazi

1.1K
O‘zbekistonda barqaror taraqqiyot va samarali boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mustaqil “aql markazi”

taplink.cc/cpr
Открыть в Telegram