avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
14.05.2026 11:00
Davlat xizmatlari qanday qilib tezkor, samarali va haqiqatan ham fuqaroga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin?

Joriy yilning 12–13-may kunlari Farg‘ona shahrida BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda Progressiv islohotlar markazi (PIM) hamkorligida “Zamonaviy davlat fuqarolik xizmatida faol yondashuv, samarali ijro va fuqaroga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Treningda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan hokim o‘rinbosarlari va davlat sektori vakillaridan 30 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.

Ikki kun davomida ular quyidagi yo‘nalishlarda bilim va tajriba almashdilar:
✅ proaktiv yondashuv va zamonaviy boshqaruv;
✅ davlat xizmatlari sifatini oshirish;
✅ muassasalararo samarali muvofiqlashtirish;
✅ fuqarolar bilan ochiq muloqot;
✅ yuqori yuklama sharoitida samarali ishlash;
✅ murakkab va muammoli vaziyatlarni boshqarish.

Trening davomida nazariyadan ko‘ra amaliyotga ko‘proq e’tibor qaratilib, real keyslar, interaktiv muhokamalar va simulyatsiyalar orqali ishtirokchilar zamonaviy davlat boshqaruvi ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Treningning asosiy maqsadi — davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroga yo‘naltirilgan, tezkor va samarali yondashuvlarni kuchaytirish hamda ishtirokchilar o‘rtasida amaliy tajriba almashish uchun platforma yaratishdan iborat bo‘ldi.

Barcha ishtirokchilar va hamkorlarga faol ishtirok va samarali muloqot uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Progressiv islohotlar markazi — zamonaviy va samarali davlat boshqaruvi sari.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
👍 5
🔥 3
👏 2
268
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Progressiv islohotlar markazi

1.1K
O‘zbekistonda barqaror taraqqiyot va samarali boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mustaqil “aql markazi”

taplink.cc/cpr
Открыть в Telegram