avatar
Progressiv islohotlar markazi
@cpr_uz
15.05.2026 14:10
DRONLAR IQTISODIYOTGA QANDAY TA’SIR QILADI?

2026-yil fevral oyida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-22-son Farmoniga asosan dronlardan fuqarolik maqsadlarida foydalanishni liberallashtirish bo'yicha choralar ko'rilmoqda. Iyun oyiga qadar toʻrtta davlat organi yangi huquqiy bazani tayyorlashi kutilmoqda.

Suv, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida dronlar O‘zbekistonning asosiy muammolarini hal qilishda amaliy vositaga aylanmoqda. Xususan:

🌾 Qishloq xo‘jaligi: paxta, bug‘doy va bog‘dorchilikda suv hamda kimyoviy sarfni kamaytirish (100+ dron, 300 ming gektargacha qamrov);
💧 Suv xo‘jaligi: kanallar, nasoslar va to‘g‘onlarni monitoring qilish, sho‘rlanish va Orol dengizi tubini kuzatish (2050-yilgacha 11–13 km³ suv tanqisligi xavfi);
Energetika: 6,7 GVt yangi quvvatlar, 1 450+ km tarmoqlar va yirik loyihalarda inspeksiya xarajatlarini kamaytirish.

🎯Endi masala “dronlar ishlaydimi?” emas — balki ularni qanday boshqarish va bosqichma-bosqich joriy etishda.

🔗Batafsil saytimizda o‘qing va Tahliliy Ma'lumotnomani yuklab oling.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram* | Youtube
👍 5
🔥 2
👏 2
5 588
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Progressiv islohotlar markazi

1.1K
O‘zbekistonda barqaror taraqqiyot va samarali boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mustaqil “aql markazi”

taplink.cc/cpr
Открыть в Telegram