avatar
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента
@codd_tashkent
сегодня, 12:36
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента Видео: 🚁 Mustaqillik shoh ko‘chasining 1,7 km qismida yo‘l va infratuzilmani kompleks yangilash ishlari to'liq yakunlandi Avvalroq ushbu hududda olib borilgan ishlar jarayoni va asosiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot bergan edik. Bugun esa barcha ishlar yakunlanib, yangi yo‘l chiziqlari chizilganidan so‘ng, amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijasini yuqoridan namoyish etamiz. Ko'chaning 1,7 km uzunlikdagi mazkur qismida faqatgina yo‘l qoplamasi yangilanmadi. Ishlar harakatni tashkil etish, jamoat transporti infratuzilmasi, piyodalar yo‘laklari, suv chiqarish tizimi, muhandislik kommunikatsiyalari hamda ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarini ham qamrab oldi. 🛣 Yo‘l qoplamasi bir necha bosqichda yangilandi. Dastlab 46 078 m² eski asfalt qoplamasi frezalandi va yo‘l asosi mustahkamlandi. Shundan so‘ng 46 078 m² maydonga 9 sm qalinlikdagi yirik donali asfalt-beton qatlami yotqizildi. Yo‘lning mustahkamligini oshirish uchun asfalt qatlamlari orasiga 57 968 m² bazalt geoto‘ri yotqizildi. Yakuniy qatlam sifatida 46 078 m² maydonga 5 sm qalinlikdagi yuqori sifatli PSHMA-20 — polimer-shag‘al-mastikali asfalt qoplamasi yotqizildi. So‘nggi bosqichda esa yangi yo‘l chiziqlari chizildi. 🚦 Yo‘l harakatini tashkil etish tizimi ham takomillashtirildi. Ko‘chada yangi svetofor obyektlari o‘rnatildi, chorrahalarda transport harakatini boshqarish tizimi modernizatsiya qilindi. Jamoat transportidan foydalanuvchilar uchun 6 ta zamonaviy avtobus bekati o‘rnatildi. Amalga oshirilgan ishlarning katta qismi tashqaridan ko‘rinmaydi. Yomg‘ir va oqova suvlarni samarali chiqarish uchun drenaj tizimi yangilandi. Mavjud 1 800 metr suv chiqarish lotoklari almashtirildi, ilgari bunday tizim bo‘lmagan qismlarda esa qo‘shimcha 1 600 metr yangi lotoklar o‘rnatildi. Shuningdek, 111 metr metall quvur yotqizildi va yana 500 metr quvur yangilandi. 🚶 Piyodalar uchun qulayliklar va ko‘cha infratuzilmasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yo‘l bo‘ylab jami 3 400 metr bordyur o‘rnatildi, piyodalar yo‘laklari va o‘tish joylari tartibga keltirildi. Bundan tashqari, muhandislik kommunikatsiyalarining ayrim qismlari yangilandi, 1 700 metr sug‘orish tizimi quvurlari yotqizildi hamda ko‘cha bo‘ylab yashil hududlar obodonlashtirildi. Bugungi Mustaqillik shoh ko‘chasi — bu shunchaki yangilangan asfalt va yangi yo‘l chiziqlari emas. Amalga oshirilgan kompleks ishlar natijasida haydovchilar, jamoat transporti yo‘lovchilari va piyodalar uchun yanada xavfsiz, qulay va tartibli shahar muhiti yaratildi. Telegram | Instagram | Facebook
На участке проспекта Мустакиллик протяжённостью 1,7 км полностью завершены комплексные работы по обновлению дороги и инфраструктуры

Ранее мы рассказывали о ходе работ и делились цифрами. Сегодня, когда обновление улицы полностью завершено и нанесена новая дорожная разметка, показываем итог с высоты.

На участке протяжённостью 1,7 км обновили не только дорожное покрытие. Работы затронули всю инфраструктуру улицы: организацию движения, общественный транспорт, пешеходные зоны, систему водоотведения, инженерные коммуникации и озеленение.

🛣 Дорожное покрытие обновили слой за слоем. Сначала отфрезеровали 46 078 м² старого асфальта и укрепили основание дороги. Затем на площади 46 078 м² уложили слой крупнозернистого асфальтобетона толщиной 9 см.

Для повышения прочности между слоями асфальта уложили 57 968 м² базальтовой геосетки. Завершающим слоем стало высококачественное полимерно-щебёночно-мастичное покрытие ПЩМА-20 толщиной 5 см, уложенное на площади 46 078 м². Финальным штрихом стала новая дорожная разметка.

🚦 Обновили и организацию движения. На улице установили новые светофорные объекты и модернизировали систему регулирования движения на перекрёстках. Для пассажиров общественного транспорта установили 6 современных автобусных остановок.

🌧 Большая часть выполненной работы скрыта от глаз. Для эффективного отвода дождевых и сточных вод модернизировали дренажную систему: заменили 1 800 м существующих водоотводных лотков и установили ещё 1 600 м там, где их раньше не было. Также проложили 111 погонных метров металлических труб и обновили ещё 500 м.

🚶 Больше внимания уделили пешеходам и городской среде. На проезжей части и по краям дороги установили в общей сложности 3 400 м бордюров, привели в порядок пешеходные дорожки и переходы.

Кроме того, обновили отдельные участки инженерных коммуникаций, проложили 1 700 м труб системы орошения и благоустроили зелёные зоны вдоль улицы.


Сегодня улица Мустакиллик — это не только ровная дорога и чёткая разметка. Это более безопасное, удобное и упорядоченное пространство для водителей, пассажиров общественного транспорта и пешеходов.

Telegram | Instagram* | Facebook*
1
7 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

6K
Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining rasmiy kanali.

🚦 Transport tizimi boshqaruvi
📈 Tirbandliklarning oldini olish
📍 Toshkent shahrida harakat xavfsizligi

Murojaat, shikoyat va takliflar uchun @codd_tashkent_bot ga yozish mumkin.
Открыть в Telegram