avatar
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента
@codd_tashkent
сегодня, 12:35
🚁 Mustaqillik shoh ko‘chasining 1,7 km qismida yo‘l va infratuzilmani kompleks yangilash ishlari to'liq yakunlandi

Avvalroq ushbu hududda olib borilgan ishlar jarayoni va asosiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot bergan edik. Bugun esa barcha ishlar yakunlanib, yangi yo‘l chiziqlari chizilganidan so‘ng, amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijasini yuqoridan namoyish etamiz.

Ko'chaning 1,7 km uzunlikdagi mazkur qismida faqatgina yo‘l qoplamasi yangilanmadi. Ishlar harakatni tashkil etish, jamoat transporti infratuzilmasi, piyodalar yo‘laklari, suv chiqarish tizimi, muhandislik kommunikatsiyalari hamda ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarini ham qamrab oldi.

🛣 Yo‘l qoplamasi bir necha bosqichda yangilandi. Dastlab 46 078 m² eski asfalt qoplamasi frezalandi va yo‘l asosi mustahkamlandi. Shundan so‘ng 46 078 m² maydonga 9 sm qalinlikdagi yirik donali asfalt-beton qatlami yotqizildi.
Yo‘lning mustahkamligini oshirish uchun asfalt qatlamlari orasiga 57 968 m² bazalt geoto‘ri yotqizildi. Yakuniy qatlam sifatida 46 078 m² maydonga 5 sm qalinlikdagi yuqori sifatli PSHMA-20 — polimer-shag‘al-mastikali asfalt qoplamasi yotqizildi. So‘nggi bosqichda esa yangi yo‘l chiziqlari chizildi.

🚦 Yo‘l harakatini tashkil etish tizimi ham takomillashtirildi. Ko‘chada yangi svetofor obyektlari o‘rnatildi, chorrahalarda transport harakatini boshqarish tizimi modernizatsiya qilindi. Jamoat transportidan foydalanuvchilar uchun 6 ta zamonaviy avtobus bekati o‘rnatildi.

Amalga oshirilgan ishlarning katta qismi tashqaridan ko‘rinmaydi. Yomg‘ir va oqova suvlarni samarali chiqarish uchun drenaj tizimi yangilandi. Mavjud 1 800 metr suv chiqarish lotoklari almashtirildi, ilgari bunday tizim bo‘lmagan qismlarda esa qo‘shimcha 1 600 metr yangi lotoklar o‘rnatildi. Shuningdek, 111 metr metall quvur yotqizildi va yana 500 metr quvur yangilandi.

🚶 Piyodalar uchun qulayliklar va ko‘cha infratuzilmasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yo‘l bo‘ylab jami 3 400 metr bordyur o‘rnatildi, piyodalar yo‘laklari va o‘tish joylari tartibga keltirildi.

Bundan tashqari, muhandislik kommunikatsiyalarining ayrim qismlari yangilandi, 1 700 metr sug‘orish tizimi quvurlari yotqizildi hamda ko‘cha bo‘ylab yashil hududlar obodonlashtirildi.


Bugungi Mustaqillik shoh ko‘chasi — bu shunchaki yangilangan asfalt va yangi yo‘l chiziqlari emas. Amalga oshirilgan kompleks ishlar natijasida haydovchilar, jamoat transporti yo‘lovchilari va piyodalar uchun yanada xavfsiz, qulay va tartibli shahar muhiti yaratildi.

Telegram | Instagram* | Facebook*
👏 2
1
11 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

6K
Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining rasmiy kanali.

🚦 Transport tizimi boshqaruvi
📈 Tirbandliklarning oldini olish
📍 Toshkent shahrida harakat xavfsizligi

Murojaat, shikoyat va takliflar uchun @codd_tashkent_bot ga yozish mumkin.
Открыть в Telegram