avatar
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента
@codd_tashkent
06.08.2026 11:49
🚧 Chilonzor tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi

Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Arnasoy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida qurilish-montaj ishlari olib boriladi.

Avval ushbu yo‘lning qarama-qarshi tomonida kapital ta’mirlash va yangi asfalt qoplamasini yotqizish ishlari yakunlangan edi. Endilikda mazkur ishlar yo‘lning ikkinchi tomonida davom ettirilib, yuqori sifatli asfalt qoplamasi yotqiziladi.

Shu munosabat bilan 2026-yil 6-avgust soat 23:00 dan 10-avgust soat 08:00 gacha yo‘lning ta’mirlanayotgan tomoni, ya’ni Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Arnasoy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.


Avtotransport vositalari oqimi qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi va harakat xaritada yashil rang bilan ko‘rsatilgan vaqtinchalik sxema asosida tashkil etiladi.

Tez tibbiy yordam xizmati transport vositalari uchun alohida vaqtinchalik harakat yo‘nalishi tashkil etiladi.

Haydovchilardan yo‘l belgilariga rioya qilish, tezlikni pasaytirish va harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirishni so‘raymiz.

Mazkur vaqtinchalik cheklovlar yo‘lni sifatli kapital ta‘mirlash va asfalt qoplamasini sifatli yotqizish hamda ishlarni xavfsiz yakunlash uchun zarur.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!

———

🚧 На участке Малой кольцевой автомобильной дороги в Чиланзарском районе временно ограничат движение

На участке Малой кольцевой автомобильной дороги — от пересечения с проспектом Бунёдкор до пересечения с улицей Арнасай — будут проводиться строительно-монтажные работы.

Ранее на противоположной стороне этого участка были завершены работы по капитальному ремонту дороги и укладке нового асфальтового покрытия. Теперь аналогичные работы продолжатся на второй стороне дороги, где будет уложено высококачественное асфальтовое покрытие.

В связи с этим с 23:00 6 августа до 08:00 10 августа 2026 года ремонтируемая сторона дороги — участок Малой кольцевой автомобильной дороги — от пересечения с проспектом Бунёдкор до пересечения с улицей Арнасай будет временно закрыта для движения транспорта.


Поток автотранспорта будет перенаправлен на противоположную сторону дороги. Движение организуют по временной схеме, обозначенной на карте зелёным цветом.

Для автомобилей скорой медицинской помощи будет организован отдельный временный маршрут.

Просим водителей соблюдать требования дорожных знаков, снижать скорость и заранее планировать маршрут.

Временные ограничения необходимы для качественного выполнения капитального ремонта и укладки асфальтового покрытия, а также для безопасного завершения работ.

Приносим извинения за временные неудобства и благодарим за понимание!

Telegram | Instagram* | Facebook*
3
👍 2
👏 1
🎉 1
28 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

6K
Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining rasmiy kanali.

🚦 Transport tizimi boshqaruvi
📈 Tirbandliklarning oldini olish
📍 Toshkent shahrida harakat xavfsizligi

Murojaat, shikoyat va takliflar uchun @codd_tashkent_bot ga yozish mumkin.
Открыть в Telegram