🚦
«Yashil to‘lqin» tizimining navbatdagi bosqichi: Kichik halqa avtomobil yo‘lidagi harakatlanish vaqti deyarli ikki baravar qisqardi
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Toshkent ko‘chalarida «Yashil to‘lqin» tizimini bosqichma-bosqich joriy etishda davom etmoqda.
Navbatdagi bosqichda Markaz mutaxassislari Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bog‘ibuston ko‘chasi bilan kesishmasidan «Chilonzor» metro bekatigacha bo‘lgan 1,7 kilometrli qismidagi beshta svetofor obyektining ish rejimini hisoblab chiqdi va o‘zaro muvofiqlashtirdi.
Mazkur yo‘l qismida ilk bor «Yashil to‘lqin»ning yagona rejimi sutka davomida bir vaqtning o‘zida har ikki yo‘nalishda ishlamoqda. Bunday tartibni joriy etish transport oqimining ikki yo‘nalishda ham deyarli bir xil ekanligi tufayli imkonli bo‘ldi.
Svetoforlar sinxronlashtirilgunga qadar ushbu yo‘l qismini bosib o‘tish uchun o‘rtacha 5 daqiqa talab etilgan. Tizim joriy etilgach, yo‘lga sarflanadigan vaqt 2 daqiqa 45 soniyagacha, ya’ni 45 foizga qisqardi.
Belgilangan 40–60 km/soat tezlik me’yoriga rioya qilinganda, haydovchilar chorrahalarda svetoforning taqiqlovchi signalida to‘xtamasdan, yo‘l bo‘ylab bir maromda harakatlanishi mumkin.
Avvalroq Markaz «Yashil to‘lqin» tizimining dastlabki bosqichini Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining «To‘ra Buva» masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ishga tushirgan edi. Mazkur yo‘nalishdagi 13 ta chorrahada svetoforlar faoliyati o‘zaro sinxronlashtirilgan.
Shu tariqa, bugungi kunda «Yashil to‘lqin» tizimi poytaxtning umumiy uzunligi
5,7 kilometrni tashkil etuvchi ikki yo‘l qismidagi 18 ta tartibga solinadigan chorrahani qamrab olmoqda.
Ushbu yo‘nalishlarni bosib o‘tishga sarflanadigan vaqt o‘rtacha 30 foizga qisqardi.
Bu Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxtdagi transport harakatini maqbullashtirishga qaratilgan kompleks ishlarning navbatdagi bosqichidir. Toshkentning boshqa ko‘chalarida ham «Yashil to‘lqin» tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va sozlash ishlari davom etmoqda.
———
🚦
Ещё один этап «Зелёной волны»: время проезда по участку МКАД сократилось вдвое
Центр организации дорожного движения продолжает поэтапное внедрение системы «Зелёная волна» на улицах Ташкента.
На очередном этапе специалисты ЦОДД рассчитали и синхронизировали работу пяти светофорных объектов на участке Малой кольцевой автомобильной дороги протяжённостью 1,7 км — от пересечения с улицей Богибустон до станции метро «Чиланзар».
Впервые на данном участке единый режим «Зелёной волны» действует
круглосуточно и одновременно в обоих направлениях. Такой формат работы стал возможен благодаря практически равномерному транспортному потоку в обе стороны.
До синхронизации светофоров проезд участка занимал в среднем около 5 минут. После внедрения системы время в пути сократилось до 2 минут 45 секунд — на 45%.
При соблюдении установленного скоростного режима 40–60 км/ч автомобили могут двигаться более плавно, проезжая перекрёстки без остановок на запрещающий сигнал светофора.
Ранее ЦОДД запустил первый этап системы на улице Буюк Ипак Йули — от мечети «Тура Бува» до улицы Салом, где была синхронизирована работа светофоров на 13 перекрёстках.
Таким образом, сегодня «Зелёная волна» уже охватывает
18 регулируемых перекрёстков на двух участках столицы общей протяжённостью 5.7 км. В среднем время проезда по данным участкам
сократилось примерно на 30%.
Это очередной этап комплексной работы ЦОДД по оптимизации дорожного движения. Расчёты и настройка системы «Зелёная волна» на других улицах Ташкента продолжаются.
Telegram |
Instagram* |
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram