avatar
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента
@codd_tashkent
28.07.2026 05:41
Toshkent shahridagi yangi bekat majmualari bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi

Ayni daqiqalarda Toshkent shahar hokimligida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish hamda yangi bekat majmualarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Toshkent shahar hokimining yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev, STEP City kompaniyasining boshqaruvchi hamkori (Rossiya) Alina Bisembayeva, xalqaro huquqiy ekspert Yelena Kochergina, transport sohasi mutaxassislari, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Matbuot anjumanida yangi bekat majmualarining texnik va funksional yechimlari, loyiha qiymati, moliyalashtirish manbalari, investor majburiyatlari, shuningdek, bekatlar bilan bog‘liq savdo obyektlarini ko‘chirish jarayonlari yuzasidan batafsil ma’lumot berilishi rejalashtirilgan.

---

Началась пресс-конференция, посвящённая новым остановочным комплексам в Ташкенте

В эти минуты в хокимияте города Ташкента проходит пресс-конференция, посвящённая развитию инфраструктуры общественного транспорта и реализации проекта по созданию новых остановочных комплексов.

В мероприятии принимают участие заместитель хокима города Ташкента по вопросам развития дорожно-транспортной инфраструктуры Абдурахмон Бахтиев, управляющий партнёр компании STEP City (Россия) Алина Бисембаева, международный эксперт в области права Елена Кочергина, специалисты транспортной отрасли, представители профильных организаций, а также сотрудники средств массовой информации.

В ходе пресс-конференции планируется подробно рассказать о технических и функциональных решениях новых остановочных комплексов, стоимости проекта, источниках его финансирования, обязательствах инвестора, а также о порядке переноса торговых объектов, расположенных на остановках.
👍 6
👏 2
🤩 2
🎉 1
35 2.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

6K
Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining rasmiy kanali.

🚦 Transport tizimi boshqaruvi
📈 Tirbandliklarning oldini olish
📍 Toshkent shahrida harakat xavfsizligi

Murojaat, shikoyat va takliflar uchun @codd_tashkent_bot ga yozish mumkin.
Открыть в Telegram