avatar
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента
@codd_tashkent
10.04.2026 14:43
Yangi hafta ravon yo‘llar bilan boshlanishi uchun: Chilonzordagi Kichik halqa yo‘lining ikkinchi tomonida ta’mirlash ishlarini boshlaymiz

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari!

Yo‘lning birinchi qismi allaqachon o‘zining tekisligi bilan haydovchilarni xushnud etmoqda. Endi esa qarama-qarshi yo‘nalishni ta’mirlash vaqti keldi.

Cheklovlar qayerda bo‘ladi?

Kichik halqa avtomobil yo‘lining Farhod ko‘chasi kesishmasidan Lutfiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismining bir tomoni vaqtincha yopiladi.

Qachon?

Ishlar bugun, 10-aprel soat 23:00 da boshlanadi va dushanba kuni (13-aprel) tonggi soat 06:00 gacha davom etadi.

🚌 Yo‘lovchilar diqqatiga:

Ta’mirlash ishlari davomida 99 va 131-sonli avtobuslar yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Siz uchun aylanib o‘tish chizmasini tayyorladik — u yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Iltimos, uydan chiqishdan oldin harakatingizni rejalashtirish uchun ushbu sxema bilan tanishib chiqing.

Dam olish kunlarida kutilayotgan natija:

Shahar dam olayotgan bir vaqtda, YHTEM mutaxassislari 18 000 m² maydonga yangi va yuqori sifatli asfalt yotqizishadi. Yangi haftangiz ideal darajadagi tekis va yangi yo‘ldagi safar bilan boshlanishi uchun bor kuchimizni safarbar etamiz!

Vaqtincha yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va to‘g‘ri tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

YHTEM — poytaxt yo‘llari xavfsizligi va qulayligi xizmatida!

———

Чтобы новая неделя началась с хорошей дороги: переходим на вторую сторону МКАД в Чиланзаре


Уважаемые жители и гости столицы!

Первая часть пути уже радует водителей своей гладкостью, и пришло время привести в порядок встречное направление.

Где будут ограничения?

Одна сторона Малой кольцевой автомобильной дороги (МКАД) на участке от пересечения с улицей Фархад до перекрестка с улицей Лутфий будет временно закрыта.

Когда?

Работы начнутся сегодня, 10 апреля в 23:00, и продлятся до 06:00 понедельника (13 апреля).

🚌 Важно для пассажиров:

На время ремонта движение автобусов №99 и №131 будет скорректировано. Мы подготовили для вас подробную схему объезда — она указана на фото выше. Пожалуйста, загляните в неё перед выходом из дома, чтобы спланировать свой маршрут.

Результат за одни выходные:

Пока город отдыхает, ЦОДД уложит 18 000 м² нового высококачественного асфальта. Мы делаем всё, чтобы новая неделя началась с поездки по идеально ровной и новой дороге!

Приносим извинения за временные неудобства и благодарим за понимание!

ЦОДД — на службе безопасности и комфорта столичных дорог!
44 7.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

2K
Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining rasmiy kanali.

🚦 Transport tizimi boshqaruvi
📈 Tirbandliklarning oldini olish
📍 Toshkent shahrida harakat xavfsizligi

Murojaat, shikoyat va takliflar uchun @codd_tashkent_bot ga yozish mumkin.
Открыть в Telegram