avatar
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента
@codd_tashkent
10.04.2026 13:40
Toshkent bekatlarida yo‘lovchilar uchun joy kengaydi!

Yo‘lovchilar soni ortib borishi bilan yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar o‘z vazifasini bajarishga ulgurmay qoldi — oqibatda tig‘iz vaqtlarda bekatlarda tiqilinch yuzaga kelardi. Biz bu vaziyatni o‘zgartirishga qaror qildik!

Hududni optimallashtirish hisobiga kutish maydonchalarini kengaytirdik. Bu nima uchun qulay:

Erkinlik: endi bekatda bolalar aravachasi bilan harakatlanish yoki boshqalarga xalaqit bermay avtobus kutish ancha oson.
Qulay chiqish: avtobuslar endi yo‘l chetidagi bordyurga jips taqalib to‘xtaydi — salonga chiqish ancha qulaylashdi.
Xavfsizlik: keng maydonchada o‘zingizni ham, farzandlaringizni ham ancha xotirjam va himoyalangan his qilasiz.

Qaysi manzillarda sharoitlar yaxshilandi?

Magic City bog‘i yaqinidagi bekat
«Do‘stlik» bog‘i qarshisidagi bekat
Muqimiy teatri yaqinidagi bekat

YHTEM — poytaxt yo‘llari xavfsizligi va qulayligi xizmatida

———

На остановках Ташкента стало больше места для людей!


С увеличением числа пассажиров, привычные «карманы» для автобусов перестали справляться со своей задачей, и в часы пик пассажирам приходилось тесниться. Мы решили это исправить!

Мы расширили площадки ожидания за счет оптимизации пространства. Почему это удобно:

Свобода: теперь на остановке легко разойтись с коляской или просто стоять, не мешая друг другу.
Легкая посадка: автобус подъезжает вплотную к бордюру — заходить в салон стало гораздо удобнее.
Безопасность: на широкой площадке всегда спокойнее и вам, и вашим детям.

Где уже стало свободнее:

Остановка у парка Magic City
Остановка напротив парка «Дустлик»
Остановка рядом с театром Мукимий

ЦОДД — на службе безопасности и комфорта столичных дорог
17 8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента

2K
Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining rasmiy kanali.

🚦 Transport tizimi boshqaruvi
📈 Tirbandliklarning oldini olish
📍 Toshkent shahrida harakat xavfsizligi

Murojaat, shikoyat va takliflar uchun @codd_tashkent_bot ga yozish mumkin.
Открыть в Telegram