08.04.2026 14:32


22-apreldan masofaviy moliyaviy xizmatlarda xavfsizlik bo‘yicha qanday yangiliklar kiritiladi?

Ko‘pchilik “Telefon raqam o‘z nomimda bo‘lmasa, ilovadan foydalanish imkonsiz” deb hisoblamoqda.
Aslida esa 22-apreldan faqat yangi mijozlar uchun tadbiq etiladi:
telefon raqami, JSHSHIR va bank karta kimga tegishli — bir-biriga mos keladimi yoki yo‘q.
Agar barcha ma’lumotlar o‘zaro mos bo‘lsa — hech qanday muammo yuzaga kelmaydi va siz ilovadan odatdagidek foydalanishda davom etasiz.

Agar telefon raqam ota-onam, opam yoki qizim nomida bo‘lsa-chi?
Agar telefon raqam yaqin qarindoshingiz nomida bo‘lsa:
ota-ona;
opa-singil;
turmush o‘rtog‘i;
farzand.

siz ilovadan foydalanishda davom etishingiz mumkin.
Ya’ni, yaqinlar o‘rtasida bu tartib hech qanday muammo tug‘dirmaydi.

Qachon muammo kelib chiqishi mumkin?
Muammo faqat bitta holatda paydo bo‘ladi:
Agar telefon raqam yoki bank karta sizga umuman aloqasi bo‘lmagan begona shaxs nomida bo‘lsa.
Masalan:
begona odam nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqam;
boshqa odamning bank kartasi.

Bu yangilik hamma uchun amal qiladimi?

Yo‘q.

Bu tartib asosan 22-apreldan keyin yangi ro‘yxatdan o‘tadiganlar uchun.

Agar siz allaqachon ilovadan foydalanayotgan bo‘lsangiz — hammasi avvalgidek qoladi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
1.5K 82.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Markaziy bank

44.2K
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

Murojaat uchun info@cbu.uz,
Aloqa uchun 71 200-00-44,
Manzil: 100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6
Website: cbu.uz
Telegram bot: @cbu_official_bot
Открыть в Telegram