Tramp savdo taqchilligi sabab Shveysariyadan importni to‘xtatish bilan tahdid qildi
AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH Shveysariya bilan 39 milliard dollarlik savdo taqchilligini shveysariyalik mahsulotlar, jumladan soatlar importini cheklash orqali bartaraf etishi mumkinligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorni «birgina imzo bilan» qabul qilish mumkin. Tramp, shuningdek, AQSH bozoriga kirish imkoniyati bo‘lmasa, Shveysariya jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishi va «elita davlat» maqomini yo‘qotishini ta'kidladi. Hozircha Shveysariya tomoni bu bayonotlarga rasmiy munosabat bildirmagan.
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda tashqi tahdidlarga muvofiqlashtirilgan javob choralarini ko‘rishni nazarda tutuvchi qo‘shma mudofaa bitimini imzolaganini e'lon qildi. Hujjat "Makka qo‘shma mudofaa bitimi" deb nomlandi.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Sud Meta kompaniyasini bolalar ruhiy salomatligiga yetkazilgan zarar uchun 567 mln dollar to‘lashga majbur qildi
Nyu-Meksiko shtati sudi Meta kompaniyasini Facebook* va Instagram* platformalari bolalar hamda o‘smirlarning ruhiy salomatligiga yetkazgan zarar bo‘yicha 567 million dollar miqdorida kompensatsiya to‘lashga majbur qildi. Ushbu qaror avval hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan 375 million dollarlik jarimaga qo‘shimcha hisoblanadi.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Argentina norozilik namoyishlari bosimi ostida chekinib, yerlarni xorijliklarga sotish haqidagi bahsli normani bekor qildi
Argentina Milliy kongressi binosi oldida o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlari hukumatning yer egaligiga oid qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqishiga sabab bo‘ldi. Jamoatchilik bosimi ortidan hukumat xorijliklarga tegishli yerlar ulushini 15 foizdan 25 foizgacha oshirishni nazarda tutgan bahsli bandni qonun loyihasidan chiqarib tashladi.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
O‘zbekiston va Qozog‘iston 20 turdagi mahsulot bo‘yicha savdo to‘siqlarini bekor qiladi
10-avgustdan O‘zbekiston va Qozog‘iston qariyb 20 turdagi mahsulot bo‘yicha tarif va notarif savdo cheklovlarini bekor qiladi. Qaror iyul oyi oxirida Aktau shahrida ikki mamlakat bosh vazirlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishidan so‘ng qabul qilindi.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
O‘zbekistonda yangi avlod “Shunqor-88” dron-tutqich taqdim etildi
O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan “Shunqor-88” innovatsion dron-tutqich taqdim etildi. Loyiha “Kelajak muhandislari” tanlovi doirasida Ismoilov Bilolxon boshchiligidagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakat muhandislik salohiyatining rivojlanayotganini namoyon etadi.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Ozarbayjon va Ukraina siyosiy hamda iqtisodiy muloqotni kengaytirmoqda
Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov rasmiy tashrif bilan Ukrainada bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga hamda boshqa yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy hamda xalqaro xavfsizlik masalalari o‘rin olgan.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Pashinyan: Yevropa Ittifoqi va YEOII o‘rtasidagi tanlov bo‘yicha referendum hozircha mazmunga ega emas
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) o‘rtasidagi tanloviga oid referendumni hozirgi bosqichda o‘tkazish amaliy mazmunga ega emasligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bunday qaror faqat zarur institutsional jarayonlar yakunlangandan va ovoz berish uchun huquqiy asos shakllangandan keyingina ko‘rib chiqilishi mumkin.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
O‘zbekistonda birinchi Milliy transport xakatoniga start berildi
Toshkentda umumiy mukofot jamg‘armasi 320 million so‘m bo‘lgan ilk National Transport Hackathon boshlandi. Tadbirni ochib bergan transport vaziri Ilhom Mahkamov xakaton transport tizimini raqamlashtirish va bu jarayonda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun muhim maydon bo‘lishini ta’kidladi. 6–8-avgust kunlari, 72 soat davomida ishtirokchilar uch yo‘nalishda amaliy yechimlar ishlab chiqadi: transport mobilligini oshirishga qaratilgan servislar yaratish, Transport vazirligining axborot tizimlariga sun’iy intellektni joriy etish hamda katta hajmdagi transport ma’lumotlarini tahlil qilish. Transport vazirligining Raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Ergashovning ma’lum qilishicha, milliy transport xakatoni har yili o‘tkaziladi, yil yakunigacha esa transport sohasiga bag‘ishlangan ilk ideaton ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Sifat, estetika va servis: Box Catering Service tadbirlar madaniyatini rivojlantirmoqda
O‘zbekistonda korporativ tadbirlar bozori jadal rivojlanmoqda va bu bilan birga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha talablar ham ortib bormoqda. Bugungi kunda muvaffaqiyatli tadbir nafaqat puxta ishlab chiqilgan dastur, balki mehmonlarda unutilmas taassurot qoldiradigan yuqori darajadagi gastronomik xizmat bilan ham ajralib turadi.
Mazkur yo‘nalishda yangi standartlarni shakllantirayotgan kompaniyalardan biri — Box Catering Service. Kompaniya biznes uchrashuvlari, forumlar, diplomatik qabullar, korporativ tadbirlar, coffee breaklar, banketlar hamda xususiy marosimlar uchun professional keytering xizmatlarini taqdim etib, sifat, estetika va yuqori darajadagi servisga asoslangan kompleks yechimlarni taklif etadi.
Kompaniya faoliyati haqida batafsil:
Instagram*:
@box_catering_service_
Taplink:
boxcatering.taplink.bio
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Islandiya va Chernogoriya 2028-yilda bir vaqtda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi mumkin
Islandiya va Chernogoriya 2028-yilda Yevropa Ittifoqining navbatdagi a’zolariga aylanishi mumkin. Politico nashriga ko‘ra, bunday ssenariy 29-avgust kuni Islandiyada o‘tkaziladigan referendumda fuqarolar YIga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashni qo‘llab-quvvatlagan taqdirda amalga oshishi mumkin.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Markaziy Osiyo dunyoning eng tez rivojlanayotgan turizm mintaqasiga aylandi
Markaziy Osiyo 2025-yilda turizm o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi, O‘zbekiston esa mintaqaning turistik eksportining qariyb yarmini ta’minladi. Bu haqdagi ma’lumotlar Butunjahon Sayohat va Turizm Kengashi (WTTC) hamda Oxford Economics tomonidan tayyorlangan iyun oyidagi hisobotda keltirilgan.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
YOIIning hukumat rahbarlari yangi bitimlarni imzolab, integratsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) hukumat rahbarlari Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan uchta bitimni imzolash bilan yakunladi. Yig‘ilishda kuzatuvchi davlatlar, jumladan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Tramp yopiq uchrashuvda Jey Di Vensni 2028 yilgi saylovlar uchun afzal nomzod deb atadi
AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi donorlarining yopiq uchrashuvida vitse-prezident Jey Di Vensni 2028 yilgi prezidentlik saylovlari uchun eng maqbul nomzod sifatida tilga oldi. Shu bilan birga, Oq uy hozircha biror nomzodni rasman qo‘llab-quvvatlaganini e'lon qilmagan.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Qozog‘iston ilk bor yo‘lovchili uchuvchisiz aerotaksini havoga ko‘tardi
Qozog‘istonda ilk bor bortida yo‘lovchi bo‘lgan uchuvchisiz havo transporti namoyish parvozini amalga oshirdi. EH216-S elektr apparati Ostona shahrida «Kelajak o‘yinlari 2026» xalqaro turniri doirasida taqdim etildi. Transport vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, aerotaksi ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan, 130 km/soat tezlikka erishadi va 35 km masofani bosib o‘ta oladi. Kelgusida undan turistik parvozlar, tezkor xizmatlar va shahar transportida foydalanish rejalashtirilgan.
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Haddan tashqari issiqlik Yevropaga o‘n yillik oxirigacha €800 mlrd zarar yetkazishi mumkin
Haddan tashqari issiqlik Yevropa uchun eng muhim iqlim xatarlaridan biriga aylanib, iqtisodiyot, mehnat bozori va muhim infratuzilmaga tobora kuchliroq ta'sir ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, yuqori harorat tufayli umumiy iqtisodiy zarar €800 mlrdgacha yetishi mumkin.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Xitoy yetakchilar uchrashuvi oldidan AQSHga qarshi javob choralarini kengaytirdi
Xitoy AQSHga nisbatan yangi javob choralarini e'lon qilib, dronlar va ular bilan bog‘liq texnologiyalar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirdi hamda bir qator Amerika kompaniyalariga sanksiyalar joriy etdi. Qaror sentabr oyida kutilayotgan Si Szinpin va Donald Tramp uchrashuvi arafasida qabul qilindi.
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ