O‘zbekistonda birinchi Milliy transport xakatoniga start berildi
Toshkentda umumiy mukofot jamg‘armasi 320 million so‘m bo‘lgan ilk National Transport Hackathon boshlandi. Tadbirni ochib bergan transport vaziri Ilhom Mahkamov xakaton transport tizimini raqamlashtirish va bu jarayonda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun muhim maydon bo‘lishini ta’kidladi. 6–8-avgust kunlari, 72 soat davomida ishtirokchilar uch yo‘nalishda amaliy yechimlar ishlab chiqadi: transport mobilligini oshirishga qaratilgan servislar yaratish, Transport vazirligining axborot tizimlariga sun’iy intellektni joriy etish hamda katta hajmdagi transport ma’lumotlarini tahlil qilish. Transport vazirligining Raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Ergashovning ma’lum qilishicha, milliy transport xakatoni har yili o‘tkaziladi, yil yakunigacha esa transport sohasiga bag‘ishlangan ilk ideaton ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram