Qozog‘iston ilk bor yo‘lovchili uchuvchisiz aerotaksini havoga ko‘tardi
Qozog‘istonda ilk bor bortida yo‘lovchi bo‘lgan uchuvchisiz havo transporti namoyish parvozini amalga oshirdi. EH216-S elektr apparati Ostona shahrida «Kelajak o‘yinlari 2026» xalqaro turniri doirasida taqdim etildi. Transport vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, aerotaksi ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan, 130 km/soat tezlikka erishadi va 35 km masofani bosib o‘ta oladi. Kelgusida undan turistik parvozlar, tezkor xizmatlar va shahar transportida foydalanish rejalashtirilgan.
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram