Centrum Air Toshkentdan Krasnodarga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Centrum Air aviakompaniyasi yangi yo‘nalishni ochmoqda: 17-iyundan boshlab Toshkentdan Krasnodarga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Krasnodar Rossiyaning Janubiy federal okrugidagi eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan biri bo‘lib, Forbes jurnali tomonidan uch marta mamlakatda biznes yuritish uchun eng yaxshi shahar deb topilgan. Shahar ishbilarmonlar uchun ham, sayyohlar uchun ham jozibador: bu yerda Rossiyaning eng chiroyli bog‘laridan biri bo‘lgan Galitskiy bog‘i joylashgan, Qora va Azov dengizlari sohillarigacha esa atigi yuz kilometrdan sal ko‘proq masofa bor.
(Reklama huquqi asosida)
Batafsil matn
buzb.uz(Uz) •
Facebook* •
Instagram* •
X(Eng) •
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram