avatar
Biznes-ombudsman
@biznes_ombudsman
05.08.2026 15:22
Biznes-ombudsman Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning Oliy sud taftish tartibida chiqargan qarorlarini uzil-kesil deb belgilovchi normasining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qildi!
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor Sh.R.ning murojaati o‘rganildi.
 
Ma’lumot uchun: 2025-yil 28-may kuni tadbirkorga tegishli mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilib, tadbirkor Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 211-moddasi 3-qismi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan va 750 000 so‘m miqdorida jarima solingan. Ushbu qaror kassatsiya hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining taftish instansiyasi tomonidan o‘zgarishsiz qoldirilgan. Amaldagi qonunchilikka (MJTKning 324-39-moddasi) ko‘ra, taftish tartibidagi qaror uzil-kesil hisoblanib, u boshqa hech qanday sud instansiyasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas.
 
Shu bilan birga, xuddi shu voqea bo‘yicha alohida yuritilgan tekshiruv natijasida, taftish instansiyasi qarori chiqqanidan keyin — 2026-yil iyun oyida — sud-ekspertiza xulosasi va yakuniy tergov qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra yong‘inning sababi mebel korxonasining elektr tarmog‘idagi avariya holati bo‘lgani va bu holat tadbirkorning aybi yoki qasddan qilingan harakatlari bilan bog‘liq emasligi obyektiv tarzda aniqlangan.
 
Amaldagi normaning uzil-kesillik qoidasi sababli ushbu yangi, tadbirkorning aybsizligini tasdiqlovchi dalillar hech qanday sud instansiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmagan, natijada 750 000 so‘mlik ma’muriy jarima to‘g‘risidagi qaror bugungi kunga qadar kuchda qolmoqda.
 
Vakil devoni ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining quyidagi qoidalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholanishi zarur, deb hisoblaydi:
28-modda — aybsizlik prezumpsiyasi;
54-modda — inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi ekanligi;
55-modda — har kimning huquqlarini xolis sud orqali himoya qilish va buzilgan huquqlarni tiklash huquqi.

 
Yuqoridagilarga asosan, Biznes-ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga rasmiy murojaat yo‘lladi. Murojaatda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 324-39-moddasini Konstitutsiyaning 28, 54 va 55-moddalariga muvofiqligini tekshirish so‘ralgan.

In English

На русском
 
Website|Telegram|Instagram*|Facebook*|X|Youtube
45 5.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Biznes-ombudsman

6.2K
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil

Murojaat va shikoyatlar uchun: @biznesombudsmanrasmiy_bot
Открыть в Telegram