O‘zbekistonda dasturlash shu qadar tez o‘smoqdaki, butun bir soha o‘zgarib bormoqda
Uzoq vaqt davomida mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosan telekomdan iborat edi.
Masalan, yaqindagina, 2021-yilda telekom ulushi
73 foizni, dasturlash esa
14 foizni tashkil etgan.
2026-yilga kelib hammasi keskin o‘zgardi: dasturlash
46 foizgacha o‘sdi, telekom ulushi esa
33 foizgacha pasaydi.
Bu telekomning hajmi kichrayganini anglatmaydi.
Aksincha, u
deyarli ikki barobarga o‘sib, 7,8 trln so‘mdan 15,5 trln so‘mga yetdi.
Shunchaki dasturlash ayni shu vaqt ichida qariyb
15 barobarga — 1,5 trln so‘mdan 22 trln so‘mga o‘sdi.
Bu sur’atlarni IT Park misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
2021-yilda rezidentlar 2,5 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich
32,1 trln so‘mga yetdi.
Shu davr mobaynida eksport hajmi $46 mlndan
$728 mlngacha o‘sdi.
Biroq, doim bunday tez sur’atda o‘sishning iloji yo‘q, shu sababli endi yangi o‘sish manbalari zarur.
Shulardan biri — Enterprise Uzbekistan. Bu
“mamlakat ichidagi mamlakat” ko‘proq pul va kompaniyalarni jalb qilish imkonini beradi.
Yana bir o‘sish manbayi — infratuzilma.
Ayni paytda
DataVolt kompaniyasi Toshkentdagi IT Park hududida ma’lumotlar markazini qurmoqda, YTTB esa ushbu loyiha uchun
$78 mln kredit ajratishni ko‘rib chiqmoqda.
Birinchi bosqichda u
12 MVt neytral quvvat yaratadi, undan turli mijozlar: mahalliy kompaniyalar, davlat tuzilmalari va boshqalar foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Bularning barchasi keyingi o‘sish bosqichi uchun zarur.
Bunga imkoniyat bor: AKT hajmi
deyarli 50 trln so‘mga yetgan bo‘lsa-da, bu hali O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining atigi
2,7 foizini tashkil etadi.
Ya’ni, soha kattalashgan, lekin salohiyati bundan ham katta.
@beshtorr
#itpark #iqtisodiyot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram