avatar
Beshtor
@beshtorr
06.02.2026 09:27
Mana erkinlashtirish va raqamlashtirish natijasi: taksi bozori 65 foizga o‘sdi

Ikki yil oldin Soliq qo‘mitasi taksi agregatorlarini o‘z tizimlariga ulashni boshlagan edi.

Shundan keyin bozor haqida taxmin emas, real raqamlar paydo bo‘ldi.

2025-yil yakunlari:

479 million safar. Bu 2024-yilga nisbatan 50 foizga ko’pdir.

Pul aylanmasi 9,6 trln so‘mga yetdi. Bu yerda o‘sish yanada kuchliroq — 65 foiz.

Naqd pulsiz to‘lovlar ko‘paymoqda: karta ulushi 24 foizdan 29,8 foizgacha chiqdi.

O‘rtacha чек 20 082 so‘m (avval 18 452 so‘m edi).

Sodda qilib aytganda, hozirgi kunda bozor shiddat bilan o‘sish va faol raqobat bosqichida: 224 ta agregator bor.

Eng yirik ishtirokchilar — Yandex Go, Uklon, Biznes Taxi 1064.

Shunga qaramay, yana ham o‘sish imkoniyatlari bor: agregatorlar hali ham umumiy taksi xizmatlarining uncha katta ulushini egallamagan.

Asosiy xulosa shuki, O‘zbekistondagi odamlar ham, kompaniyalar ham qonuniy ishlashga tayyor.

Faqat ularga mana bunaqa loyihalar bilan xalaqit bermaslik, aksincha, tushunarli qoidalar va qulay vositalarni taqdim etish kerak.

Erkinlashtirish va raqamlashtirish har qanday jarima va cheklovlardan ko‘ra samaraliroq natija beradi. Taksi bozori bunga yaqqol misol.

@beshtorr

#bozor #taksi
18
👍 13
🔥 4
👏 1
💯 1
31 5.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram