Martda rekord darajada uylar sotildi
O‘zbekistonda naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tish oldidan mart oyida
43,6 mingta uy sotuvi
rasmiylashtirildi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobar ko‘p bo‘lib, tarixiy rekord ko‘rsatkichga aylandi.
Bu rekord uzoq muddat yangilanmasa kerak. Markaziy bank aprelning yarmida atiga
6,8 mingta ko‘chmas mulk sotuvi rasmiylashtirilganini
ma’lum qildi.
Sotuvlar oy davomida uzog‘i 15 mingtaga yetishi mumkin. Naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tish bozorga o‘z ta’sirini o‘tkazyapti.
Shunday paytda ikkilamchi uylar narxi yana barqaro o‘sish davriga qaytdi.
Toshkentda narxlar yillik
5 foizga o‘sgan bo‘lsa, Sirdaryorda
22 foizgacha ko‘tarilgan. Butun O‘zbekiston bo‘yicha o‘sish —
10 foiz.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram