B
Bankster
@banksteruzb
25.04.2026 06:05
Yosh oilalarga uy sotib olish uchun kam foizli kredit beriladi

Prezident farmoni bilan, 2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga yangi uy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasi — 14 foizdan oshgan qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

Deylik, ipoteka krediti foizi 18 foiz. Yangi tartib orqali yosh oilalar foiz stavkasining faqatgina 14 foizini to‘laydi, qolgan 4 foizni davlat to‘lab beradi.

Quyidagi asosiy ijtimoiy mezonlarga muvofiq keladigan yosh oilalarga ipoteka krediti ajratiladi:

ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i nomida so‘nggi 3 yilda mulk huquqi asosida ko‘chmas mulk mavjud emasligi.
🔥 4
2 125

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram