Onlayn bankingda yangi qoidalar
Bugundan onlayn banking bo‘yicha bir qancha o‘zgarishlar bo‘ladi.
Birinchi navbatda yangi mijozlar bank ilovalarida ro‘yxatdan o‘tishda telefon raqami, JSHSHIR va bank karta ma’lumotlari o‘zaro mos kelishi tekshiriladi.
Ma’lumotlar bir-biriga mos bo‘lmasa, ilovalardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi.
Bunda telefon raqami ota-ona, opa-singil, turmush o‘rtog‘i yoki farzand nomida bo‘lsa istisno qilinadi.
Shuningdek, endi bir kunda bir nechta bankdan kredit olish cheklanadi.
Murojaat birinchi bo‘lib qaysi bankka yo‘llansa arizani o‘sha bank ko‘rib chiqadi, qolganlari kamida 1 sutka kutishiga to‘g‘ri keladi.
Javobgarlik endi bank zimmasida
Bugundan boshlab sizning nomingizga firibgarlik yo‘li bilan kredit rasmiylashtirilsa va bu tergov tomonidan tasdiqlansa:
siz qarzni to‘lamaysiz
foiz va jarimalar hisoblanmaydi
agar pul yechilgan bo‘lsa, bank qaytaradi (sud qarori bilan).
Nomingizga frod kredit olinsa, javobgarlik sizda emas, bank zimmasida bo‘ladi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram