B
Bankster
@banksteruzb
22.04.2026 14:55
“Palove muzeyi”, Caravan va Cinara's restoranlari 24 mln dollarga sotuvga qo‘yildi

Caravan Group restoranlar tarmog‘i asoschisi Timur Musin o‘ziga tegishli ovqatlanish joylarini sotuvga qo‘ydi. Bu bo‘yicha e’lonlar OLXga joylashtirilgan.

Ulardan eng qimmati “Palove muzeyi” bo‘lib, uning narxi 150 mlrd so‘m qilib belgilangan. Caravan restorani narxi 45 mlrd so‘mga, Cinara's esa 99 mlrd so‘mga baholangan.

Barcha loyihalarning o‘zini oqlash muddati taxminan 7 yil deb aytilgan. Ularning umumiy qiymati esa 294 mlrd so‘mga (taxminan 24,3 mln dollar) baholanmoqda.
🔥 4
191

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram