B
Bankster
@banksteruzb
21.04.2026 18:40
“Asakabank”ni xususiylashtirish tezlashtiriladi

Prezident qarori bilan, “Asakabank”ni xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish belgilandi.

Barcha bank amaliyotlari bozor tamoyillari, zamonaviy bank amaliyoti va xatarlarni boshqarish tizimi talablaridan kelib chiqqan holda bankning ichki siyosati asosida amalga oshiriladi.

Bankning asosiy faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan va qo‘shimcha yuklangan har qanday faoliyat turi va vazifalar bajarilishi to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, bankning dividend siyosati ham vaqtincha cheklanadi, ya’ni 2024–2025 yillar bo‘yicha sof foyda taqsimlanmasligi belgilandi.

2025-yil oxirida “Asakabank”ning 15 foizini YETTBga sotish bo‘yicha kelishuv imzolangandi. Biroq, bu bitim hozirgacha rasman amalga oshgani yo‘q.
🔥 4
1 195

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram