B
Bankster
@banksteruzb
21.04.2026 14:40
“Asosiy stavkani ko‘tarishga hali erta” — Timur Ishmetov

Markaziy bank raisi O‘zbekistonda pul-kredit siyosati ancha qat’iy ekanini ta’kidlab, global notinchliklar fonida asosiy stavkani ko‘tarishga hali vaqtli ekanini bildirdi.

Ishmetov tashqi xatarlar davom etadigan bo‘lsa, sharoitdan kelib chiqib Markaziy bank siyosati o‘zgarishi mumkinligini inkor qilmadi.

Bundan tashqari, u yil oxirigacha banklar muammoli kreditlarni hisoblash bo‘yicha to‘liq xalqaro metodologiyaga o‘tishini ma’lum qildi.

Banklar o‘zi umuman risk menejmentni ham yaxshilashi kerak. Kredit ajratishda ko‘proq sifatli kreditorlarga ajratish juda ham muhim masala, — deydi Markaziy bank raisi.
🔥 4
190

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram