B
Bankster
@banksteruzb
20.04.2026 16:20
Bank omonati yoki ko‘chmas mulk: qayerga sarmoya qilgan ma’qul?

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida daromadlilik so‘nggi bir yildan beri biroz tiklanmoqda.

2026-yil martda Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi yillik 14,6 foizgacha yetdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yil martda 6,2 foiz edi. 2024-yil fevralida esa — 32,4 foiz.

Bunda, ijaradan keladigan o‘rtacha daromad 8,7 foizdan 8 foizgacha kamaygan bo‘lsa, uy-joylarning o‘rtacha narxi 6,6 foizga qimmatlashdi.

Lekin, uy-joyga investitsiyalar daromadliligi ko‘chmas mulkning joylashgan hududi va xonalar soniga qarab bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi:

1 xonali: Mirobod – 50,0 foiz (2025 yil mart – 1 foiz), Bektemir – 19,3 foiz (22,8 foiz);
2 xonali: Yunusobod – 24,8 foiz (0,5 foiz), Yakkasaroy – 13 foiz (16,5 foiz);
3 xonali: Mirobod – 12,9 foiz (9,5 foiz), Chilonzor – 3,8 foiz (8,7 foiz);
4 xonali: Yakkasaroy – 18,5 foiz (12,2 foiz), Bektemir – -14,1 foiz (4,3 foiz).

Ijara bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha daromadlilik Shayxontohur 9,1 foiz (9,3 foiz) va Yashnobodda 8,4 foiz (8,8 foiz) qayd etildi.

Daromadlilik darajasi bo‘yicha investitsion jozibadorligi yuqoriroq bo‘lgan 1 va 2 xonali xonadonlar uchun daromadlilik darajasi mos ravishda 29,8 foiz (2025-yil mart oyida 9,3 foiz) va 17,4 foizni (4,8 foiz) tashkil qildi.

3 va 4 xonali xonadonlarda daromadlilik nisbatan pastligicha saqlanib qoldi. Xususan, 3 xonali xonadonlarning o‘rtacha daromadlilik 8,7 foiz (6,2 foiz) 4 xonali xonadonlarda 2,4 foiz (4,4 foiz) bo‘ldi.


Bank depozitlari daromadlilik darajasi

2025-yil martidan 2026-yilning fevral oyigacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 4,9 foiz atrofida tebranib turgan bo‘lsa, milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 21,2 foizni tashkil etgan. Ushbu raqamlar, bir tomondan, uy-joyning investitsiyaviy daromadliligi jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi muddatli depozitlaridan olinadigan o‘rtacha daromadliligidan yuqori bo'lsa-da, milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari jozibadorligi yuqoriligicha saqlanib qolayotganini ko'rsatadi.
🔥 5
1
193

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram