B Bankster @banksteruzb 20.04.2026 14:20 Скопировать Пожаловаться Bankster Фото: O‘qituvchilarga subsidiya 20 apreldan ochiladi Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish joriy yilning 20-aprel kuni soat 14:00 da boshlanadi. Bu turdagi subsidiya 2026-yildan boshlab yo‘lga qo‘yilmoqda. Subsidiya olgan o‘qituvchilarga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foiz qismi qoplab beriladi. Dastur doirasida subsidiya olish uchun ariza beruvchi barcha ijtimoiy talablarga mos bo‘lishi va kamida bitta bank talablariga mos kredit tarixiga ega bo‘lishi kerak. Ariza beruvchi (va uning turmush o‘rtog‘i) nomida mamlakat bo‘yicha 2 ta yoki undan ko‘p uy-joy bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, ariza beruvchi kamida 15 yil pedagogik tajribaga ega bo‘lishi va oliy toifa yoki bosh o‘qituvchi lavozimida ishlayotgan bo‘lishi lozim. Subsidiya olish uchun quyidagi tarzda ariza topshirish mumkin: Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali MyGov mobil ilovasi Elektron tarzda my.gov.uz portali orqali quyidagi havola orqali: my.gov.uz/oz/service/325 Dasturda quyidagi banklar ishtirok etadi: Agrobank, Aloqabank, Asakabank, Asia Alliance Bank, BRB, Hamkorbank, Ipak yo‘li banki, Ipotekabank, Mikrokreditbank, Oriyent Finans, Trastbank, Turonbank, Xalq banki, Milliybank va SQB. O‘qituvchilar uchun subsidiya ochilmoqda Bugun, soat 14:00 dan boshlab oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uchun ipoteka kreditlariga ariza berish boshlandi. Subsidiya orqali ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizi qoplab beriladi. 🔥 4 1 158
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram