��
OneID sozlamalarini tekshiring — bank operatsiyalari oson va xotirjam bajarilishi uchun
OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarga kirish ruxsatlarini boshqarish imkoniyati mavjud. Agar Ipoteka bank OTP Group
uchun ruxsat o‘chirilgan bo‘lsa — ayrim xizmatlar ko‘proq vaqt talab qilishi yoki vaqtincha mavjud bo‘lmasligi mumkin
Bu quyidagi xizmatlarga ta’sir qilishi mumkin:
• kredit rasmiylashtirish
• karta ochish
• hisob raqam ochish
• omonat ochish
• valyuta ayirboshlash
• shaxsni tasdiqlash talab etiladigan boshqa xizmatlar
Sozlamalarni oldindan tekshirib qo‘yishni tavsiya etamiz — bu atigi bir necha daqiqa vaqt oladi ��
1️⃣ id.egov.uz saytiga kiring
2️⃣ ERI (elektron raqamli imzo) yoki Mobile-ID orqali tizimga kiring
3️⃣ “Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limini oching
4️⃣ Tashkilotlar ro‘yxatidan bankni toping
5️⃣ Ruxsatni yoqing — qulf belgisini ochi
ng
��
QR-kod orqali tezkor usul:
OneID ilovasini o‘rnating → tizimga kiring → kompyuter ekranidagi QR-kodni skaner qiling — kerakli bo‘lim avtomatik ochiladi
�� Ushbu funksiya kiberxavfsizlikni kuchaytirish maqsadida joriy etilgan.
Ruxsat yoqilgan bo‘lishi — xizmatlarning to‘g‘ri ishlashi va qulay foydalanishni ta’minlaydi
Ma’lumotlaringizni asrang — biz sizning qulayligingiz haqida qayg‘uramiz ��
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram