“O‘zbek limoni” Londonda trendda
"IFE London 2026" — London markazida O‘zbekiston nafasi ufurmoqda. Xalqaro ko'rgazmada bu safar oddiy mahsulot emas — “O‘zbek limoni”ning yorqin ta’mi va quyoshda pishgan ifori.
40 ga yaqin kompaniyani jamlagan O'zbekiston delegatsiyasi safida "Turonbank" ATB mijozlari "Fayz Baraka Xorazm" MChJ rahbari Shokir Xudeyberganov hamda "Bahrombek agro product" MChJ rahbari Ixtiyor Xushvaqovlar ham bor o'zlari yetishtirgan o'zbek limonlari bilan ishtirok etishmoqda. Ko‘rgazma doirasida bank tomonidan xorijiy hamkorlar bilan faol muzokaralar ham olib borilib, yangi eksport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va uzoq muddatli hamkorliklarni shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Gapni indallosiga kelsak, “O‘zbek limoni” shunchaki meva emas — bu O‘zbekistonning tabiatidan, mehnatidan va sifatidan yaralgan brend. Bugun u Londonda trendga aylanib, xorijiy hamkorlar qalbini zabt etmoqda. Bu — yurtimiz mahsulotlari uchun yangi manzillar boshlanayotganidan darak.
��
@bankirkundaligi ��
Обсуждение 5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram