Matematikada kuchli bo‘lsangiz, faqat matematikada kuchli emassiz.
Diqqatni bir joyga yig‘a olasiz, uzoq dars qilib o‘tira olasiz, muammolarni hal qilishni yaxshi ko‘rasiz.
Bu qobiliyatlarni qattiq ushlasangiz, katta natijalar keladi, nasib.
Faqat, qobiliyatlarni ushlash hammaga ham oson bo‘lmaydi.
Ba’zilarda o‘z maktabida chuqurlashishga erkinlik yo‘q.
Ba’zilarda kuchli ustozlarga borishning imkoni yo‘q.
Ba’zilarda birga dars qiladigan do‘stlar yo‘q.
Ba’zilarda esa o‘qishga sharoitlari yo‘q.
Ro‘yxatda o‘zingizni ko‘rdingizmi?
Sizga yangiligim bor.
Biz 5-8-sinflar o‘rtasida Rahimov Matematika Olimpiadasini
o‘tkazyapmiz.
G‘oliblarni bitirgunlaricha eng kuchli ustozlarda bepul o‘qitamiz. Yotoqxona beramiz. Boshqa xarajatlarini ham qoplaymiz.
Maqsad – IMO jamoasini tashkil qilish.
Qatnashish bepul, o‘zingizni sinab ko‘ring. Havola mana
bu yerda.
Ha aytgancha, postni yutishi mumkin bo‘lganlar va ularning yaqinlariga jo‘nating.
Tarqatish kichkina ish demang.
Bilib bo‘lmaydi balki, kimningdir muvaffaqiyat kemasiga shamol bo‘lib qolarsiz!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram