avatar
Aziz Rahimov
@azizrakhimov_blog
13.01.2026 09:54
Ishimiz davomida yuzlab o’qituvchilarni ko’rdim.

Ijtimoiy yo’nalishda Javohir ustozdan o'tadiganini hali uchratmadim.

Fikrlashi keng, zamonamiz eruditi. U bilan ikki marta kamera oldida suhbat ham qurgan edik.

O’qituvchilikdan ketib, direktorlikka o’tar ekan, o’quvchilaridan 74ta xayrlashuv xatini oldi. Rahmatlar aytishgan. Rozilik so’rashgan.

Yuzlab bolalar o’zgardi. Qanchadan-qancha ota-onalar rozi bo’lishdi. Ko'zda yosh bilan kuzatib qolishdi. Bu bilganlarim. Bilmaganlarim qancha ekan?

Ustozimiz shogirdlar tayyorlashni reja qildilar. Pedagogning kompetensiyasi kursini boshladilar. “Sevimli o’qituvchi bo’laman” deganlarga tavsiya qilaman.

P.S.

Kurs ichida mening ham "O'qituvchilikni tadbirkorlikka aylantirish" mavzusida darsim bor.
244 115.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Aziz Rahimov

58.5K
Bog’lanish uchun: @rahimov_aziz

Reklama olmaymiz.
Открыть в Telegram